Agar Moskva Pekin bilan ittifoqini buzishga rozi bo‘lsa, Vashington Ukrainani NATOga qabul qilmaslikka so‘z beradi. AQSH prezidentligiga nomzod Vivek Ramasvami u prezident etib saylangan taqdirda ushbu taklifni Putinga bildirishga va’da berdi.
“Men unga (Vladimir Putinga – tahr.) kelishuv taklif qilgan bo‘lardim: U Si Szinpin bilan harbiy ittifoqdan chiqishi kerak, biz esa (AQSH – tahr.) o‘z navbatida, Ukrainani NATOga qabul qilmaslik qat’iy majburiyatini olamiz”, - dedi Ramasvami Avstraliyaning "Sky News" telekanali boshlovchisi Pirs Morganga bergan intervyusida.
Bu Ukraina mojarosining ushbu ehtimoliy yechimi bo‘lishi mumkin. Siyosatchining fikriga ko‘ra, AQSH uchun haqiqiy xavf tug‘diradigan davlat bu — Xitoy.
Ramasvami, agar Moskva bu kelishuvni qabul qilsa, Vashington uning rahbarligi ostida "hozirgi chegara chizig‘ini muzlatib qo‘yishi" va Rossiya tarkibiga kirgan hududlarni tan olishni nazarda tutadi. U buni ushbu hududlarda rusiyzabon aholi istiqomat qilishi bilan asoslaydi.
Avvalroq Vivek Ramasvami AQSH prezidenti etib saylansa, Ukrainaga “jahon urushi” boshlashiga yo‘l qo‘ymasligini aytib, har bir davlatni o‘z manfaatlarini himoya qilishga chaqirgan edi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring