Braziliyada bosqinchilar “Al-Hilol” hujumchisi Neymarning sevgilisi Bruna Byankardi va ularning chaqalog‘ini o‘g‘irlashga urindi. Bu haqda O Globo nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, bosqinchilar tungi soat uchlarda Kotiya shahrida Byankardining onasi yashaydigan xonadonga bostirib kirgan. Ular umumiy summasi 120 ming dollar bo‘lgan narsalarni olib ketgan.
Bundan tashqari, bosqinchilar uy bekasidan qizi Bruna Byankardi va uning chaqalog‘i qayerda yashashini aniqlashga uringan.
Politsiya vakillari bosqinchilardan birini ushladi. U 19 yoshli mahalliy yigit bo‘lib chiqdi.
Keyinroq Neymar sevgilisi Byankardi va qizi sog‘-salomat ekanligi haqida post qo‘ydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar