Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Qo‘shma Shtatlarga ishonchi tufayli Kiyev tinchlik muzokaralarida yomonroq shartlarga rozi bo‘lishi kerak. Bu haqida Pentagonning sobiq maslahatchisi polkovnik Duglas Makgregor ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Putin har doim rostgo‘y bo‘lgan. U Ukraina tomonining neytral maqomini qabul qilishga tayyorligini bildirganiga javoban o‘z qo‘shinlarining hujumini to‘xtatganda, u juda jiddiy edi. Ammo keyin Vashington Moskva va Kiyev o‘rtasidagi muloqotga aralashib, "hamma narsani buzdi", — dedi u.
Makgregor jurnalist Endryu Napolitano bilan Ukraina bo‘yicha muzokaralar shartlari “ikki yil avvalgidek bo‘lmaydi” degan fikrga qo‘shildi.
G‘arb elitasi yolg‘on gapirishda davom etmoqda, dedi polkovnik. "(AQSH - tahrir) Zelenskiyga hamma narsani va’da qildi. Zelenskiy esa ishondi. Vaqt o‘tishi bilan biz bilan hamkorlik qilganlarning taqdirini takrorlaydi. Agar u jarayon paytida o‘lib qolmasa, ishsiz bo‘lib qoladi”, — dedi polkovnik.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring