Messining xotini ham millioner chiqib qoldi

“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi faoliyati davomida doim yaxshi pul topgan. 36 yoshli forvard amerikaliklardan har mavsum uchun 54 million dollar ish haqi olyapti. Bu “Inter Mayami”ning qolgan o‘yinchilaridan kamida 12 marta ko‘p.
Shunga qaramay, Leoning rafiqasi Antonella Rokkutstso erining qo‘liga qarab qolmoqchi emas. Shaxsiy biznesini yuritayotgan xonim millionerlar qatoriga qo‘shildi.
Celebrity Net Worth nashrining xabar berishicha, Antonella yiliga kamida 1,5 million yevro topadi. 2023 yilgi hisob-kitoblarga ko‘ra, Rakkutstsoning umumiy boyligi 20 million yevroni tashkil qilmoqda.
Antonella Adidas va Stella McCartney kabi bir necha brendlarning “yuzi” hisoblanadi. U har bir s’yemkadan 500 ming yevro ishlab topadi.
Endi Rakkutstso AQSh va Yevropaning gavjum shaharlarida yangi butiklar ochishni rejalashtirmoqda.































Izohlar 0
…