Foto: Google Images
BRIKSga a’zo davlatlar rahbarlari 21 noyabr kuni videokonferensiya orqali G‘azo bo‘yicha favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi. Bu haqda Janubiy Afrika prezidenti matbuot xizmati ma’lum qildi.
“BRIKS mamlakatlari – Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy yetakchilari Janubiy Afrika raisligida virtual formatda navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazadi. BRIKSning yangi davlatlari – Saudiya Arabistoni, Argentina, Misr, Efiopiya, Eron va Birlashgan Arab Amirliklari rahbarlari ham yig‘ilishga taklif qilingan”, — deyiladi Janubiy Afrika prezidenti matbuot xizmati xabarida.
BRIKSga a’zo davlatlar va taklif etilgan davlatlar vakillari ertaga, 21 noyabr kuni G‘azodagi mavjud gumanitar inqiroz yuzasidan o‘z mamlakatlari nomidan bayonotlar berishlari kutilmoqda.
Uchrashuvda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ishtirok etadi. Tadbir ishtirokchilari qo‘shma bayonot qabul qilishlari rejalashtirilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring