08:00 / 15.12.2023
302

AQSH Kongressi Ukrainaga moliyaviy yordamni o‘z ichiga olgan mudofaa budjetini tasdiqladi

AQSH Kongressi Ukrainaga moliyaviy yordamni o‘z ichiga olgan mudofaa budjetini tasdiqladi

Foto: AP

AQSH Kongressining Vakillar palatasi Ukrainaga 800 million dollar miqdorida yordam ko‘rsatishni nazarda tutuvchi mudofaa budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. The Hill xabariga ko‘ra, tegishli qarorni 310 kongressmen qo‘llab-quvvatlagan, 118 nafari unga qarshi chiqqan (45 nafar demokrat va 73 nafar respublikachi).

Ushbu mudofaa budjeti loyihasi imzolash uchun AQSH prezidenti Jo Baydenga yuborildi. Pentagonning mudofaa ehtiyojlari va moliyalashtirish dasturlari uchun jami 886 milliard dollar ajratilishi kutilmoqda.

AQSH Milliy mudofaa budjeti to‘g‘risidagi qonun har yili tasdiqlanadi va Kongressda ko‘rib chiqiladigan asosiy qonun hujjatlaridan biridir. Ushbu qonun samolyotlar va kemalarga o‘nlab milliard dollar sarflanishini nazarda tutadi va AQSH harbiylari maoshini tarixiy 5,2 foizga oshiradi.

Budjetda shuningdek, Xitoyni Hind-Tinch okeani mintaqasida «tiyib turish» uchun 11,5 milliard dollar va Ukrainani Rossiya bosqiniga qarshi qo‘llab-quvvatlash uchun 800 million dollar ajratilishi ham ko‘zda tutilgan.

11 dekabr kuni Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi AQSH prezidenti ma’muriyati Ukrainaga 61 milliard dollarlik yordam ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shimcha so‘rovni Kongressda tasdiqlanishiga erishish niyatida ekanini aytdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo