Foto: Google Images
Amerikalik milliarder Ilon Mask Italiyada bo‘lib o‘tgan siyosiy festivalda inson Somon yo‘li galaktikasidagi yagona ongli mavjudot deya fikr bildirdi.
Tadbir davomida milliarder italiyalik fizik Enriko Fermi tomonidan berilgan “O‘zga sayyoraliklar qayerda?” degan savolga javob berdi.
“Haqiqatga yaqin fikr shuki, galaktikamizda insondan tashqari ongli mavjudot kam. Men o‘zga sayyoraliklar mavjudligiga hech qanday dalil ko‘rmadim. Katta ehtimol bilan, galaktikaning biz yashaydigan qismida insoniyat yagona ongli mavjudot”, — dedi u.
Maskning fikricha, ongni cheksiz zulmatdagi kichik shamga qiyoslash mumkin va insoniyat uning o‘chmasligi uchun hamma narsani qilishi kerak.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar