date
views 298

Zelenskiy: “Ishonchim komilki, AQSH bizga xiyonat qilmaydi”

Zelenskiy: “Ishonchim komilki, AQSH bizga xiyonat qilmaydi”

Foto: UNIAN

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Yevropa Ittifoqi va Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainaga 2024 yilga mo‘ljallangan moliyaviy yordam paketlarini ma’qullashiga umid bildirdi, biroq bu aniq qachon amalga oshishi noma’lumligicha qolmoqda.

Zelenskiy Ukraina moliyaviy yordam olish uchun “juda qattiq” ishlayotganini ta’kidladi.

Ishonchim komilki, Qo‘shma Shtatlar bizga xiyonat qilmaydi, AQSH bilan kelishib olgan narsamiz to‘liq amalga oshiriladi”, — dedi u.

Zelenskiy Yevropa Ittifoqi haqida gapirar ekan, o‘tgan hafta sammitida “bitta g‘alabaga erishgani”, ya’ni Ittifoqqa qo‘shilish bo‘yicha muzokaralar boshlash ma’qullanganini esladi.

Xabaringiz bor, Yevropa Ittifoqi 2024 yilning 1 fevralida navbatdan tashqari sammit o‘tkazadi va unda Ukrainaga to‘rt yillik muddatga 50 milliard yevro miqdorida qo‘shimcha yordam ajratish masalasini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy: “Ishonchim komilki, AQSH bizga xiyonat qilmaydi”