23:39 / 20.12.2023
637

Kuniga 6 ming nafar harbiy yoshdagi erkak Ukrainani tark etayotgani ma’lum qilindi

Kuniga 6 ming nafar harbiy yoshdagi erkak Ukrainani tark etayotgani ma’lum qilindi

Foto: Reuters

Har kuni Ukrainani 6 ming nafar harbiy yoshdagi erkaklar Ukrainani tark etmoqda. Bu haqda Ukraina Davlat chegara xizmati vakili Igor Matviychuk ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 150-200 nafar erkak yuk tashuvchi haydovchi sifatida chegaradan chiqib ketadi.

Qolgan holatlarda erkaklar turli aylanma yo‘llar bilan mamlakatni tark etmoqda”, — dedi Matviychuk.

Shu bilan birga, oxirgi paytlarda harbiy yoshdagi erkaklarning ko‘p bolali onalarga uylanish hollari ko‘payib bormoqda. Ko‘p bolali ota-onalar uchun chet elga chiqish cheklovlari qo‘llanilmaydi.

Bundan tashqari, nogironlarga hamrohlik qiluvchi sifatida ham ko‘plab erkaklar mamlakatdan chiqib ketmoqda. Chegara xizmati vakilining so‘zlariga ko‘ra, qonunchilikda bo‘shliq bor — hamrohning qaytib kelgan-kelmaganini tekshirish mexanizmi yo‘q.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo