Foto: Google Images
Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Grant Shepps Ukraina harbiy-havo kuchlarining kecha tunda Feodosiyada Rossiya harbiy kemasiga zarba bergani haqidagi xabarlarga izoh berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin flotiga berilgan bu zarba Ukrainadagi urush boshi berk ko‘chaga kirib qolganiga ishonuvchilar yanglishayotganini ko‘rsatadi.
“Ular so‘nggi to‘rt oy ichida Rossiyaning Qora dengizdagi flotining 20 foizi yo‘q qilinganini hali anglab yetmadilar”, — deb yozdi vazir X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
“Rossiyaning Qora dengizdagi hukmronligiga endi putur yetdi. Britaniya va Norvegiya boshchiligidagi yangi koalitsiya Ukrainaga dengizda g‘alaba qozonishiga yordam bermoqda”, — dedi Grant Shepps.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar