16:26 / 30.12.2023
197

Qozog‘istonda ichida 32 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi

Qozog‘istonda ichida 32 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi

Kadr: Telegram

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatidan o‘tuvchi Karabutak—Kostanay avtomobil yo‘lida ichida 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi. Bu haqda Qozog‘iston FVV matbuot xizmati xabar berdi.

“29-dekabr kuni soat 18:50 da Karabuta—Kostanay avtomobil yo‘lida yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketgani haqida xabar kelib tushdi”, — deyiladi Qozog‘iston FVV ma’lumotida.

Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. YTHga uchragan avtobus Yekaterinburg—Chimkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan bo‘lgan.

Hodisa joyida qutqaruvchilar, politsiya xodimlari ishlamoqda, 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi tumandagi masjidga evakuatsiya qilindi”, — deyiladi FVV xabarida.

Shuningdek, qutqaruvchilar fuqarolarni noqulay ob-havo sharoitida transport vositalarida harakatlanmaslikka chaqirdi.

Dekabr o‘rtalarida Qozog‘istonning Qarag‘andi viloyatidagi trassada avtobusda sovuqda qolib ketgan 20 nafar o‘zbekistonlikka yordam berilgandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo