
Foto: 120.su
Amerikalik Mishel Uayt archa sotib oldi va uni bezatdi. Oradan to‘rt kun o‘tib uydagi gilamlarni tozalashga kelgan «Magic Carpet Cleaning» kompaniyasining xodimi archaning orasida nimadir qimirlayotganini sezib qoldi.
Bobbi Xeys daraxtni sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirib, boyo‘g‘li yashiringanini ko‘rdi. Bobbi boyqushni suratga olib, uyda bo‘lmagan uy egasi – ayolga yubordi. Mishel esa gilam tozalovchining bu ishini o‘yinchoq yordamida sahnalashtirilgan qandaydir kulgili hazil, deb qabul qildi.
Ammo u uyga kelganida haqiqiy boyqushni ko‘rib hayron qoldi. Axir qanday qilib? Bu xona doimo bolalar bilan gavjum, eng shovqinli joy ediku! Hattoki u yerda it ham bolalar bilan birga o‘ynardi. Qanday qilib nazardan chetda qolgan bo‘lishi mumkin?
Oxir oqibat Bobbi uni tegishli joylarga topshirishga qaror qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar