Foto: Google Images
KXDR yetakchisi Kim Chen In Koreya xalq armiyasining yuqori qo‘mondonlik shtabi bilan uchrashuvda qurolli kuchlarning jangovar tayyorgarligini har tomonlama oshirishga chaqirdi. Bu haqida Shimoliy Koreya matbuoti xabar berdi.
Unda ta’kidlanishicha, “Koreya yarim orolidagi vaziyat kundan kunga qurolli mojaro yoqasiga yaqinlashib bormoqda”.
Kim Chen In “qurolli to‘qnashuv istalgan vaqtda sodir bo‘lishi mumkinligi”ni ta’kidladi.
“Agar dushman KXDRga qarshi harbiy qarama-qarshilik va provokatsiyani tanlasa, armiyamiz zarracha ikkilanmasdan, barcha vosita va imkoniyatlarni safarbar qilgan holda, uni butunlay yo‘q qilish uchun zarba berishi kerak”, — deya ta’kidladi Shimoliy Koreya yetakchisi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar