
Foto: Bild
Germaniyaning Bild gazetasi xabariga ko‘ra, Markaziy va Osiyo davlatlaridan ISHID tarafdorlari va a’zolari Ukrainadagi jangovar hudud orqali Germaniyaga tobora ko‘proq bormoqda. Nashrning yozishicha, ular ukrainalik qochqinlar niqobi ostida Germaniyaga kirmoqda.
Bild jurnalistlariga ko‘ra, aksariyat hollarda ISHIDning Pokiston, Eron, Afg‘oniston va Markaziy Osiyoda faoliyat yuritayotgan bo‘limi “Viloyati Xuroson” guruhiga a’zo tojikistonliklar shu sxemadan foydalanib Germaniyaga keladi.
Ular soxta hujjatlardan foydalanadi hamda nemislarga qiynoqlar va ta’qiblar haqida uydirma hikoyalar aytib beradi, Germaniyada esa ukrainalik qochqinlarni deyarli hech qanday tekshiruvsiz qabul qilishadi.
“Mana bir necha oydirki, butun Yevropada jangovar shaylik holati hukm surmoqda... Birgina Germaniyaning o‘zida ishidchilar allaqachon uch marta dahshatli qon to‘kish uyushtirishga urindi – oxirgi marta Kyoln soborida”, — dedi Bild suhbatdoshlari.
GermaniyaISHIDMarkaziy OsiyoUkrainalik QochqinlarBild GazetasiJangovar Hududlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing