Foto: Google Images
Tez orada Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga Patriot zenit-raketa tizimi uchun tutuvchi raketalarni yetkazib bera olmaydi, deb yozadi The New York Times Oq uy va Pentagondagi manbalarga tayanib. Bu mablag‘ yetishmasligi bilan bog‘liq, deya qayd etadi NYT.
Gazeta suhbatdoshlariga ko‘ra, Patriot raketalarining narxi 2 million dollardan 4 million dollargacha turadi. Ayni paytda ukrainalik harbiylar NYT'ga faqat Patriot tizimlari ballistik raketa hujumlariga qarshi tura olishini ma’lum qilgan.
27 dekabr kuni Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga 2023 yilda 250 million dollarlik so‘nggi harbiy yordam paketi, jumladan, havo mudofaa tizimlari, HIMARS MLRS va artilleriya uchun o‘q-dorilar ajratilishini e’lon qildi. Oq uy AQSH Kongress ruxsatisiz Ukrainaga endi harbiy yordam yubora olmasligi haqida ogohlantirgan.
Prezident Jo Bayden Kongressdan Ukraina, Isroil, Tayvan uchun 106 milliard dollar yordam so‘radi. Biroq respublikachilar partiyasi vakillari har bir masalani alohida ko‘rib chiqishni talab qilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi
Ukrainaning 2025 yilga moʻljallangan harbiy maqsadlari ma'lum qilindi
Rossiya elchisi: “AQSh Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda”
Los-Anjelesdagi yirik yongʻinlarga sabab boʻlgan gumonlanuvchi qoʻlga olindi
Daniya Trampning Grenlandiya bilan bogʻliq niyatlari jiddiyligi haqida ogohlantirildi
Litva prezidenti Kaliningradni mamlakatning tarixiy qismi deb atadi