Foto: “Yandeks.ru”
Demensiya kasalligidan aziyat chekayotgan amerikalik taniqli aktyor Bryus Uillisning oilasi joriy yil u uchun oxirgisi bo‘lishi mumkinligidan xavotirda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, aktyorning ahvoli kundan kunga yomonlashib bormoqda. Endi u boshqa o‘qiy olmaydi va umuman gapira olmaydi ham. Oilasi uni qo‘llab-quvvatlash uchun u bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishga harakat qilmoqda. Vaqti-vaqti bilan ijtimoiy tarmoqlarda uning sog‘lig‘i haqida ma’lumotlar ham berib borishyapti.
2022 yil mart oyida 68 yoshli afsonaviy aktyorga demensiya tufayli kelib chiqqan afaziya (nutq buzilishi) tashxisi qo‘yilgan edi. Shundan so‘ng aktyor faoliyatini yakunlashga qaror qilgandi. Keyinchalik Uillisning ahvoli yana ham yomonlashgan, hozir u yaqinlarini ham taniy olmaydi.
Avvalroq 68 yoshli Uillisning rafiqasi erida demensiya tashxisi qo‘yilganidan keyin yuragi og‘riy boshlaganini aytgandi. Ayol uzoq vaqt davomida qo‘llab-quvvatlovsiz qolganini va kasal odam bilan qanday yashashni bilmagani uchun o‘zini yolg‘iz his qilganini tan oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u xuddi shunday vaziyatda bo‘lgan odamlar bilan muloqot qila boshlaganidan keyin hammasi o‘zgargan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi
Ukrainaning 2025 yilga moʻljallangan harbiy maqsadlari ma'lum qilindi
Rossiya elchisi: “AQSh Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda”
Los-Anjelesdagi yirik yongʻinlarga sabab boʻlgan gumonlanuvchi qoʻlga olindi