Millioner bloger Sergey Kosenko ijtimoiy tarmoqlarda «mashhur video» suratga olish maqsadida ikki oylik chaqalog‘ini qor uyumiga uloqtirdi.
Deyarli 7 million obunachisiga ega Kosenko avvaliga o‘g‘li Leo ishtirokida video suratga olishini aytadi. So‘ng, «Leoning birinchi parvozi», deb 2024 yil 7 yanvarda chaqaloqni uloqtirgan videosini sahifasiga joylaydi.
Uning bu videosi aksariyat obunachilarining e’tiroziga sabab bo‘lgan.
«Men hatto itlarimni ham shunday uloqtirmagan bo‘lardim ... lekin kimdir o‘z chaqalog‘ini qor uyumiga tashlayapti», deb yozadi ulardan biri.
Boshqa biri esa:
«Mening 4 nafar farzandim bor, shifokorman.
Aytishim mumkinki, bu «qizil chiziq». Agar u tirik bola bo‘lsa, uni uloqtirib yuborish halokatli bo‘lib, jiddiy bosh jarohati — miyasi chayqalgan chaqaloq sindromiga olib kelishi mumkin... Agar qor yuzga, burun va og‘izga tushsa, nafas olish refleksli ravishda to‘xtab qolishi hech gap emas.
Qulash vaqtida bola jiddiy jarohat olishi ehtimoli bor. Bu bolalarga nisbatan shafqatsizlik va sog‘lig‘iga qasddan zarar etkazish (hech bo‘lmaganda urinish), ularni xavf ostida qoldirishdir...», deb yozadi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Daniya Trampning Grenlandiya bilan bogʻliq niyatlari jiddiyligi haqida ogohlantirildi
Litva prezidenti Kaliningradni mamlakatning tarixiy qismi deb atadi
Kurskda qora niqob taqqan 16 yoshli oʻsmir maktabga bostirib kirdi
Yakuniy hukm chiqdi: 700 million dollarlik boylik chiqindixonada qoladigan boʻldi!
Zelenskiy Ramshtaynda Gʻarbni Ukrainaga qoʻshin yuborishga chaqirdi
Germaniya kansleri Ukrainaga beriladigan 3 mlrd yevrolik yordamni blokladi
Eron generali: “Rossiya Asadning dushmanlari oʻrniga Suriyadagi boʻsh sahroni bombardimon qilgan”
Ijtimoiy tarmoqlarda Bashar Asadning ayoli haqida uzunquloq gap tarqaldi