Foto: Blinken arab tashqi ishlar vazirlari bilan Iordaniyadagi yig‘ilishda / 2023 yil, 4 noyabr / AP Photo
AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Turkiya va arab davlatlari rahbarlari bilan Isroilning anklavdagi harbiy amaliyoti yakunlanganidan keyin G‘azo sektori qanday boshqarilishini muhokama qilmoqda. Bu haqda nomini oshkor etmagan AQSH rasmiylariga tayanib, Wall Street Journal xabar berdi.
“Davlat kotibi Entoni Blinken arab va turk rahbarlari bilan urush tugaganidan keyin G‘azo sektori qanday boshqarilishini muhokama qilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Blinken 9 yanvar kuni Falastin prezidenti Mahmud Abbos bilan bo‘ladigan uchrashuv oldidan Isroil rasmiylariga, jumladan, bosh vazir Binyamin Netanyaxuga G‘azo sektorining bo‘lajak boshqaruvi bo‘yicha mintaqaviy ahamiyatga ega ba’zi g‘oyalarni taqdim qilishi mumkin.
Amerikalik rasmiylarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni va boshqa arab davlatlari G‘azo sektorini qayta qurishni qo‘llab-quvvatlashi mumkin, biroq anklav Isroil tomonidan bosib olinsa, bunday qadamga rozi bo‘lmaydi.
Blinken 7 yanvar kuni Dohada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida G‘azo sektoridagi tinch aholi zarur sharoitlar yaratilgach, uyiga qaytishi kerakligini aytgandi. U G‘azodagi tinch aholini ko‘chirishga qarshi ekanini bildirgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi
Ukrainaning 2025 yilga moʻljallangan harbiy maqsadlari ma'lum qilindi
Rossiya elchisi: “AQSh Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda”
Los-Anjelesdagi yirik yongʻinlarga sabab boʻlgan gumonlanuvchi qoʻlga olindi
Daniya Trampning Grenlandiya bilan bogʻliq niyatlari jiddiyligi haqida ogohlantirildi
Litva prezidenti Kaliningradni mamlakatning tarixiy qismi deb atadi
Kurskda qora niqob taqqan 16 yoshli oʻsmir maktabga bostirib kirdi
Yakuniy hukm chiqdi: 700 million dollarlik boylik chiqindixonada qoladigan boʻldi!