Koreya Respublikasida Milliy assambleya itlarni go‘sht uchun ko‘paytirish, ularni so‘yish va it go‘shtini sotishni taqiqlovchi qonunni ma’qulladi.
Bu taqiq uchun 208 deputat ovoz berdi, ikki nafari betaraf qoldi, qarshi ovozlar bo‘lmadi, deb yozmoqda «Yonhap» agentligi.
Qonun uch yillik o‘tish davridan keyin, ya’ni 2027 yildan to‘liq kuchga kirishi kutilmoqda. Hujjatga ko‘ra, taqiqni buzganlar 30 million von (taxminan 22 768 dollar)gacha jarima yoki ikki yildan uch yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinadi.
Shuningdek, bunga qadar it go‘shtini yetishtirish va sotish bilan shug‘ullanib kelgan korxonalarning biznesni qayta yo‘naltirishlari uchun subsidiyalar bo‘yicha yordam va’da qilinmoqda. Bunday kompaniyalarning barchasi o‘z faoliyatini davom ettirishlari uchun mahalliy hukumatga boshqa biznesga o‘tganligi haqidagi rejasini taqdim etishlari kerak bo‘ladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 1150 ga yaqin it fermasi, 34 ta so‘yish joyi, 219 ta it go‘shti tarqatuvchi va 1600 ga yaqin restoran mavjud.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiy Ramshtaynda Gʻarbni Ukrainaga qoʻshin yuborishga chaqirdi
Germaniya kansleri Ukrainaga beriladigan 3 mlrd yevrolik yordamni blokladi
Eron generali: “Rossiya Asadning dushmanlari oʻrniga Suriyadagi boʻsh sahroni bombardimon qilgan”
Ijtimoiy tarmoqlarda Bashar Asadning ayoli haqida uzunquloq gap tarqaldi
Rossiyalik siyosatchi Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevni haqorat qildi
Britaniya 3 mingga yaqin oʻzbekistonlikni ish bilan ta'minlaydi
Tramp Putin u bilan uchrashmoqchi ekanini aytdi (video)
Zelenskiy ikkinchi muddatga prezidentlikka saylanishga qaror qildi