date
views 409

Istanbulda ikki o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi

Istanbulda ikki o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi

Turkiya va O‘zbekiston Respublikasi IIV hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ikki o‘zbekistonlik ayol ushlandi. Bu haqda Istanbul bosh konsulxonasi xabar qildi.

Joriy yilning 10 yanvar kuni odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan shaxslar Istanbul shahrida qo‘lga olingan.

Aniqlanishicha, 1985 yilda tug‘ilgan D. Umarova 2018 yildan buyon, 1983 yilda tug‘ilgan M. Ulmasova 2017 yildan buyon IIV tomonidan qidiruvda bo‘lgan.

«Jinoyat uchun jazo muqarrarligini ta’minlash maqsadida Turkiya hududida hamkorlikdagi tezkor-qidiruv tadbirlari tizimli ravishda davom ettiriladi»,- deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, «Madam Klod» taxallusi bilan tanilgan, 1989 y.t. Nilufar Mirxanova  joriy yilning 10 yanvar kuni Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilingandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Istanbulda ikki o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi