Foto: Anatolii Stepanov/AFP
Rossiyaning Ukrainaga hujumi boshlanganidan beri Rossiyaga o‘g‘irlab ketilgan va noqonuniy ushlab turilgan 517 nafar bola va 2828 nafar yoshi kattalar qaytarildi, dedi Oliy radaning inson huquqlari bo‘yicha vakili Dmitriy Lubines 14 yanvar, yakshanba kuni Shveysariyaning Davos shahrida bo‘lib o‘tgan forumda. «Hozir 517 bola, 2828 nafar yoshi kattalar uyda, ulardan 150 nafari tinch aholi vakili. Bizning vazifamiz - hammani qaytarish», dedi Lubines hamda xalqaro hamjamiyatni «zudlik bilan bu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarini birlashtirishga» chaqirdi.
Ukrainalik bolalarning Rossiyaga noqonuniy deportatsiyasi
Ukraina rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil yakunidagi holat bo‘yicha Ukrainadan Rossiyaga 19 546 nafar bola deportatsiya qilingan. Ukrainaning egallab olingan hududlaridan bolalarning Rossiyaga noqonuniy deportatsiyasi Haagadagi Xalqaro jinoiy sud (XJS) Rossiya Federatsiyasi bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order berishi uchun asos bo‘ldi.
Ukraina prezidentining rafiqasi Yelena Zelenskaya Yevropa kengashi Parlament assambleyasi (YEKPA) yig‘ilishida so‘zga chiqib, XJS faqat ikki gumonlanuvchining nomini aytganini ta’kidladi, garchi «aslida ular minglab, chunki bu tasodifiy jinoyat emas, balki ukrainalik bolalarni o‘g‘irlashga qaratilgan butun maxsus yaratilgan mexanizm». Kreml deportatsiya ayblovlarini rad etib, bolalar xavfsiz hududlarga olib ketilganini aytadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!