14:23 / 15.01.2024
55

Kolumbiyada ko‘chkilar 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Kolumbiyada ko‘chkilar 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Foto: Anadolu

Kolumbiya shimoli-g‘arbidagi Choko mintaqasida sodir bo‘lgan ko‘chkilar oqibatida kamida 37 kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi prokuratura vakillari CNN telekanaliga.

12 yanvar, juma kuni hududda 24 soat davom etgan kuchli yomg‘irdan so‘ng Kibdo va Medellin shaharlari orasidagi yo‘lda ko‘chkilar sodir bo‘ldi.

Kolumbiyaning tabiiy ofatlar xavfini boshqarish milliy bo‘limi, Kolumbiya fuqarolik mudofaasi, milliy armiya, Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya vazirligi hamda Choko politsiya departamenti jabrlanganlarga yordam berish uchun safarbar qilindi.

Kolumbiya avval ham halokatli ko‘chkilardan aziyat chekkan. 2017 yilda mamlakatning chekka janubiy mintaqasida kuchli yomg‘ir sabab yuzaga kelgan loy oqimi tufayli Mokoa shahrida yuzlab odamlar halok bo‘lgandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo