21:33 / 19.01.2024
209

Qozog‘iston Yaqin Sharq va Afrikaga tinchlikparvar kuchlarini yuboradi

Qozog‘iston Yaqin Sharq va Afrikaga tinchlikparvar kuchlarini yuboradi

Foto: Qozog‘iston Mudofaa vazirligi

Qozog‘iston parlamenti prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayevning BMTning Yaqin Sharq va Afrikadagi missiyalarida ishtirok etish uchun mamlakat tinchlikparvar kontingentini yuborish to‘g‘risidagi taklifini ma’qulladi, deya xabar berdi Tengrinews.

Qozog‘iston BMT missiyalarida ishtirok etish uchun 430 nafargacha harbiyni jo‘natadi:

·       BMTning Golan tepaliklaridagi kuzatuvchi kuchlariga (UNDOF, Suriya – Isroil);

·       BMTning sulh shartlari bajarilishini nazorat qilish organlariga (UNTSO, Falastin – Isroil);

·       Janubiy Sudan Respublikasidagi BMT missiyasiga (UNMISS, Janubiy Sudan);

·       BMTning Abeye uchun vaqtinchalik xavfsizlik kuchlariga (UNISFA, Sudan).

“Qozog‘iston qurolli kuchlari alohida harbiy xizmatchilarni ham harbiy kuzatuvchi, ham shtab ofitserlari, shuningdek, BMT missiyalarida eng ko‘p talab qilinadigan piyoda, tibbiy, razvedka, muhandislik bo‘linmalari bilan ta’minlashga tayyor”, - dedi mamlakat mudofaa vaziri Ruslan Jaqsiliqov parlament palatalarining qo‘shma majlisida.

Qozog‘iston mudofaa vazirining alohida ta’kidlashicha, 139 nafar harbiy xizmatchidan iborat birinchi mustaqil milliy tinchlikparvar kontingent harbiy texnika, qurol-yarog‘ va pul bilan birgalikda Golan tepaliklarida qo‘zg‘aluvchanlikni nazorat qilish uchun BMT missiyasiga zaxira kompaniya sifatida yuborilgan.

Kontingentni joylashtirish 2024 yilning mart oyidan boshlab amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Shu maqsadda BMT bilan tomonlarning majburiyatlarini, shuningdek, kontingentning missiyadagi ishtirokini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash masalalarini belgilovchi xalqaro shartnoma tuziladi. Qo‘shin va texnikalarni tashish Qozog‘iston tomoni hisobidan amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, ayni paytda BMT missiyalari doirasida G‘arbiy Sahroda olti nafar, Markaziy Afrika Respublikasida ikki nafar, Kongo Demokratik Respublikasida ikki nafar, Livanda to‘qqiz nafar qozog‘istonlik harbiy xizmat qilmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo