
Foto: Ben Kilb/Bloomberg
Germaniyada mehnat bozoridagi inqiroz tufayli 4 kunlik ish haftasi sinovdan o‘tkaziladi. Ish kunlarining qisqarishi haqida Bloomberg xabar berdi.
1 fevral kuni Germaniyada 4 kunlik ish haftasining 6 oylik sinov davri boshlanadi. Loyihada 45 ta kompaniya ishtirok etmoqda. Tajriba tugagandan so‘ng, ish haftasini qisqartirish ishlab chiqarish unumdorligiga ta’sir qiladimi yoki yo‘qligi aniqlanadi. Loyiha mehnat bozori inqirozi fonida iqtisodiyotni tiklash maqsadida ishga tushirilmoqda.
Qayd qilinishicha, agar ish kunlarining soni qisqartirilsa, xodimlarning ish haqi avvalgidek qoladi. Tajribada ishtirok etayotgan kompaniyalardan biri rahbari Soren Frikning ishonchi komilki, 4 kunlik dastur xodimlarning motivatsiyasi va samaradorligiga foydali ta’sir ko‘rsatadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar