date

Malayziyada neft tankeri o‘g‘irlab ketildi

Malayziyada neft tankeri o‘g‘irlab ketildi

Malayziya hukumatiga ko‘ra, 900 ming litr dizel yoqilg‘isini tashiyotgan neft tankeri o‘g‘irlab ketilgan, deb Reyter axborot agentligi asosida “Kun” xabar bermoqda.

Malayziya dengiz qo‘riqlash boshqarmasi (Malaysian Maritime Enforcement Agency, MMEA) xabarida aytilishicha, ayni vaqtda Vier Harmoni kemasi Indoneziyaning Batam shahri suvlarida turibdi. Hozircha, tankerni olib qochganlarning shaxsi aniqlanmagan.

"Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, kema ichki muammolar sabab o‘g‘irlab ketilgan", — deya ma’lum qilgan boshqarma rahbari Ahmad Kahar ijtimoiy tarmoqlarda.

Reyterning ma’lum qilishicha, 392,7 ming AQSh dollari miqdoridagi dizel yonilg‘isini olib ketayotgan tanker Malayziyaning Tanjung Pelepas (Tanjung Pelepas) portidan yo‘lga chiqqan.

MMEA boshqarmasiga ko‘ra, kema noma’lum kimsalar tomonidan Malayziyaning Kuantan portiga yaqin hududida egallab olingan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Malayziyada neft tankeri o‘g‘irlab ketildi