Foto: AP
Eron rahnamoligidagi jangari guruhlar tomonidan uch nafar amerikalik askarning o‘ldirilishi va yana o‘nlab kishilarning yaralanishi AQSH prezidenti Jo Baydenga Eronga zarba berish uchun bosimni oshirmoqda. Biroq, Reuters yozganidek, u bundan ham kattaroq urush boshlanishidan cho‘chib, bu qadamni qo‘yishni istamayapti.
Baydenning javob variantlari sifatida Erondan tashqarida yoki ichida harbiylarga yoki faqat jangari guruhlariga nisbatan ehtiyotkorlik bilan javob zarbasini berish bo‘lishi mumkin.
Respublikachilar Baydenni qat’iyatsizlikda ayblab, Eronga to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba berishni talab qilmoqda.
«Bu hujumlarga yagona javob Eron terrorchi kuchlariga ham Eronda, ham butun Yaqin Sharqda halokatli harbiy zarba berilishi bo‘lishi kerak», dedi respublikachi senator Tom Kotton.
Bo‘lajak saylovda Baydenga raqib bo‘lishi kutilayotgan sobiq prezident Donald Tramp esa bu holatni «Baydenning qat’iyatsizligi va taslim bo‘lishi oqibatlari» deb atadi.
Demokratlar esa Baydenning G‘azo sektorida Isroil va HAMAS o‘rtasidagi mojaroni to‘xtatish bo‘yicha strategiyasi barbod bo‘layotganidan ochiqchasiga xavotir bildirdi.
«Vaziyat nazoratdan chiqib ketmoqda. U mintaqaviy urushga aylana boshladi, afsuski, AQSH va bizning qo‘shinlarimiz xavf ostida», dedi Demokratlar partiyasi vakili Barbara Li.
Ammo dengiz piyodasi sifatida Iroqda to‘rt muddat xizmat qilgan demokratlar vakili Set Moulton respublikachilarning urush chaqiruvlariga qarshi chiqib, «tiyib turish qiyin, ammo urush bundan ham battarroq», dedi.
«Eron bilan urushga chaqirayotganlarga, sizlar dushmanni qayg‘uryapsizlar va men o‘g‘il-qizlaringizni jangga jo‘natishingizni istardim. Biz o‘z shartlarimiz doirasida samarali strategik javob berishimiz kerak», dedi Moulton.
Mutaxassislarning ogohlantirishicha, Eron qurolli kuchlariga har qanday zarbalar Tehronni qat’iy javob berishga majbur qilishi va bu vaziyat yirik urushga olib kelishi mumkin.
Vashingtonda joylashgan Yaqin Sharq instituti xodimi Charlz Listerning aytishicha, Qo‘shma Shtatlarning ehtimoliy javobi Iroq yoki Suriyadagi Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan guruhlardagi martabali shaxslarning o‘ldirilishi bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 28 yanvar kuni Iordaniyadagi Amerika bazasiga berilgan zarbalar oqibatida 3 nafar askar halok bo‘ldi, yana 30 dan ortig‘i yaralandi.
2023 yil oktyabr oyida arab-isroil mojarosi avj olgandan beri, Yaqin Sharqdagi Amerika kuchlari Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan guruhlar tomonidan 150 dan ortiq hujumga uchradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yakuniy hukm chiqdi: 700 million dollarlik boylik chiqindixonada qoladigan boʻldi!
Zelenskiy Ramshtaynda Gʻarbni Ukrainaga qoʻshin yuborishga chaqirdi
Germaniya kansleri Ukrainaga beriladigan 3 mlrd yevrolik yordamni blokladi
Eron generali: “Rossiya Asadning dushmanlari oʻrniga Suriyadagi boʻsh sahroni bombardimon qilgan”
Ijtimoiy tarmoqlarda Bashar Asadning ayoli haqida uzunquloq gap tarqaldi
Rossiyalik siyosatchi Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevni haqorat qildi
Britaniya 3 mingga yaqin oʻzbekistonlikni ish bilan ta'minlaydi
Tramp Putin u bilan uchrashmoqchi ekanini aytdi (video)