15:48 / 31.01.2024
217

Robert De Niro 80 yoshda ota bo‘lish haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi

Robert De Niro 80 yoshda ota bo‘lish haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi
Foto: Hellomagrussia.ru
Taniqli aktyor Robert De Niro yetti nafar bolaning otasi hisoblanadi. Hozir uning to‘ng‘ich qizi 52 yoshda, kenja farzandi — Jii Virjinia Chin-De esa 9 oylik. Robert De Niroga bu farzandni jang san’ati instruktori Tiffani Chen sovg‘a qildi. Aktyorning o‘zi esa farzandli bo‘lgani haqidagi savollarni javobsiz qoldirayotgan edi. Lekin yaqinda AARP portali jurnalistlari bilan suhbatda o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.

Bu ajoyib tuyg‘u. Men nimadandir qayg‘ursam yoki xavotirga tushsam unga qarashim bilan hamma narsani unutaman. Bu mo‘jiza. Ulg‘aygach, nima bo‘lishi haqida biron nima deyish qiyin, lekin hozir u menga juda yoqimli qaraydi, meni taniydi. O‘ylaydi, kuzatadi”, — deydi aktyor.

Ma’lumot uchun, De Niro kenja qizining onasi Tiffani Chen bilan 2022 yildan buyon uchrashib keladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo