Hind ayollari qoshlari o‘rtasiga qo‘yadigan qizil xol bindi deb ataladi. An’analarga ko‘ra, bu diniy qarashlar va ijtimoiy mavqening bir ko‘rinishidir. Bindi sanskrit tilidan “tomchi” yoki “nuqta” deb tarjima qilinadi. Shuningdek, u tilaka ya’ni yuzga tushiriladigan muqaddas belgining bir turi bo‘lishi ham mumkin.
Foto: Midjourney
Xol uchun joy ham shunchaki tanlanmagan. Qizil xol “uchinchi ko‘z” qismida joylashgan deb ishoniladi. Ya’ni yashirin donolik chakrasida joylashgan.
Peshonadagi xol mamlakatdagi muayyan vaziyatga, e’tiqodga va mahalliylikka bog‘liq bo‘lib, bindi yoki tilaka bo‘lishi mumkin. Tilaka hinduizm izdoshlari tomonidan qo‘llanadi. Odatda kul yoki loy bilan bo‘yaladi, lekin turli xil vositalar ham qo‘llanishi mumkin.
Qizil xol qo‘yishning ko‘plab qoidalari ham mavjud. An’anaga ko‘ra, faqat turmushga chiqqan ayollar bindi qo‘ygan, turmushga chiqmagan ayol esa qo‘ymagan, chunki bu erkaklarga yanada chiroyli ko‘rinishga va munosabatlarga tayyor ekanligini ko‘rsatgan.
Hindistonda nikohga juda jiddiy munosabatda bo‘linadi, shuning uchun odamlar bunga katta ahamiyat beradi va ayolning tashqi ko‘rinishida turmushga chiqqanini har tomonlama aks ettirishga harakat qiladi. Nozik xilqat egalarining yana bir o‘ziga xos xususiyati — sindurdir. U sochdan qoshlar orasigacha tushgan qizil bo‘yoqdir.
Foto: Midjourney
Ba’zi ayollar kurkumadan bo‘lgan bindini ham qo‘yadi, ya’ni sarg‘ish rangli. Bu ikki xil ma’noga ega. Bunday bindi ayolning beva ekanligini anglatishi mumkin yoki oilaning motam tutayotganini ko‘rsatishi mumkin.
Bolalar va chaqaloqlarning peshonasida ham xol ko‘rishingiz mumkin, lekin qizil emas, qora rangdagisi — bu yomon ko‘zdan himoya qilish uchun qilinadi.
Foto: Midjourney
Qolaversa, nafaqat ayollar, balki erkaklar ham peshonasiga xol qo‘yadi. Hindlarning peshonasidagi xol e’tiqodning turli yo‘nalishlariga qarab shakli va rangi xilma-xil bo‘ladi.
Hindlar nafaqat peshonalariga xol qo‘yishadi, balki kul va loydan yasalgan chiziqlarni ham qo‘llashadi. Tilaka ularning xudolaridan qay biriga sig‘inishini bildiradi.
Hozirgi vaqtda Hindistondagi ayollarning peshonasidagi xol ko‘proq bo‘yanishning bir qismiga aylanib qoldi. U har doim qizil rangda bo‘lmasligi va rang libosga moslangan bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukrainaning 2025 yilga moʻljallangan harbiy maqsadlari ma'lum qilindi
Rossiya elchisi: “AQSh Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda”
Los-Anjelesdagi yirik yongʻinlarga sabab boʻlgan gumonlanuvchi qoʻlga olindi
Daniya Trampning Grenlandiya bilan bogʻliq niyatlari jiddiyligi haqida ogohlantirildi
Litva prezidenti Kaliningradni mamlakatning tarixiy qismi deb atadi
Kurskda qora niqob taqqan 16 yoshli oʻsmir maktabga bostirib kirdi
Yakuniy hukm chiqdi: 700 million dollarlik boylik chiqindixonada qoladigan boʻldi!
Zelenskiy Ramshtaynda Gʻarbni Ukrainaga qoʻshin yuborishga chaqirdi