Foto: Getty Images
Malayziyaning yangi oliy rahbari Ibrohim Ismoil (Johor shtati merosxo‘r monarxi) qasamyod qilib, mamlakat hukmdori sifatida taxtga o‘tirdi. Bu haqda qirollik saroyiga tayanib, The Star xabar berdi.
Ibrohim Ismoil Kuala-Lumpurga 31 yanvar kuni yetib keldi, uning samolyoti Malayziya harbiy-havo kuchlari aviabazasiga qo‘ndi. Qasamyod qabul qilish marosimi hukmdorning poytaxtdagi qarorgohi Istana Negarada bo‘lib o‘tdi. 31 yanvardan boshlab monarxning rasmiy unvoni Malayziya qiroli Sulton Ibrohim janobi oliylari bo‘ladi.
Ibrohim Ismoil 2023 yil oktyabr oyida o‘z hukmronligini 2024 yilning 30 yanvarida tugatgan Abdulla Riayyatuddin Al Mustafoning o‘rniga Malayziyaning yangi qiroli etib saylangan. Malayziya qiroli to‘qqiz shtatning merosxo‘r monarxlari orasidan navbat bilan 5 yil muddatga saylanadi (ketma-ket ikkinchi muddatga qayta saylanish huquqisiz). Hukmdor 1957 yilda tuzilgan ro‘yxat bo‘yicha aniqlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi
Ukrainaning 2025 yilga moʻljallangan harbiy maqsadlari ma'lum qilindi
Rossiya elchisi: “AQSh Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda”
Los-Anjelesdagi yirik yongʻinlarga sabab boʻlgan gumonlanuvchi qoʻlga olindi
Daniya Trampning Grenlandiya bilan bogʻliq niyatlari jiddiyligi haqida ogohlantirildi
Litva prezidenti Kaliningradni mamlakatning tarixiy qismi deb atadi
Kurskda qora niqob taqqan 16 yoshli oʻsmir maktabga bostirib kirdi