23:00 / 31.01.2024
992

Mudofaa vazirligi: Qozog‘iston harbiy xizmatchilari armiyani ommaviy ravishda tark etmoqda

Mudofaa vazirligi: Qozog‘iston harbiy xizmatchilari armiyani ommaviy ravishda tark etmoqda
Foto: “Tengrinews”
To‘rt yil davomida Qozog‘iston qurolli kuchlari safini 17065 nafar harbiy xizmatchi tark etdi. Mudofaa vazirligi buning sababini ma’lum qildi. Bu haqda “Orda.kz” xabar berdi.

Mudofaa vaziri o‘rinbosari Sulton Kamalatdinovning aytishicha, iste’fodagi harbiy xizmatchilar soni yildan yilga ortib bormoqda.

Harbiy xizmatchilarning armiyadan chiqib ketishi alohida tashvish uyg‘otadi. Birgina 2020 yildan 2023 yilgacha bo‘lgan davrda qurolli kuchlar safidan 17 065 nafar harbiy xizmatchi ketgan, ulardan 4 301 nafari ofitserlar va 12 764 nafari shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilardir. Taqqoslash uchun, bu taxminan 15 ta mexanizatsiyalashgan brigadalar sonidir”, — deya xavotir bildirdi vazir o‘rinbosari.

Besh ming nafardan ortiq harbiy xizmatchi sog‘lig‘i va yosh chegarasiga yetgani sababli xizmatni tark etgan. Shu bilan birga, uch yil davomida 14311 nafar kishi qurolli kuchlar safiga qo‘shilgan.

Shuni hisobga olish kerakki, bugungi kunda armiyani harbiy xizmatchilar bilan to‘ldirish professional tayyorgarlikka ega kadrlar yo‘qotilishining o‘rnini bosmaydi. Xuddi shu davrda 14 311 nafar harbiy xizmatchi qurolli kuchlar safiga qo‘shildi. Bunday tendensiyaga ish haqining pastligi sabab bo‘ldi”, — dedi Sulton Kamalatdinov respublika parlamenti tegishli qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo