Foto: Wikimedia
1 fevral kuni Nyu-York sudi AQSH Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq xodimini 40 yillik qamoq jazosiga hukm qildi.
CNN ma’lumotlariga ko‘ra, MRB sobiq xodimi Joshua Shulte Amerika razvedka agentligi tarixidagi eng yirik razvedka ma’lumotlarini sizdirganlikda ayblanib, 40 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. U maxfiy ma’lumotlarni WikiLeaks loyihasiga uzatishda ayblangan.
Shulte Markaziy razvedka boshqarmasining Kiberrazvedka markazida kompyuter muhandisi bo‘lib ishlagan va kompyuterlardan yashirincha ma’lumot olishga qodir algoritmlarni ishlab chiqqan. 2015 yilda Shulte ishlab chiqayotgan dastur boshqa pudratchiga o‘tkazilayotgani sabab u rahbariyat bilan nizolasha boshlagan. Bir yil o‘tgach, Shulte Markaziy razvedka boshqarmasidan qasos olish uchun WikiLeaks loyihasiga o‘zi ishtirok etgan maxfiy loyiha bo‘yicha manba kodi va boshqa materiallarni yuborgan. Keyin u tizimga kirilganini bildiruvchi barcha belgilarini yashirib, izlarini yopishga harakat qilgan. Shulte 2016 yilning noyabrida MRBdan iste’foga chiqqan, 2017 yilning mart oyida u “sizib ketgan” ma’lumotlar WikiLeaks'da e’lon qilingan.
2017 yilning avgustida Shulte dastlab bolalar pornografiyasini tarqatishda ayblanib hibsga olingandi. Tekshiruv davomida uning WikiLeaks bilan hamkorligi ma’lum bo‘ldi. Shundan so‘ng Shulte Amerika rasmiylariga qarshi “axborot urushi” e’lon qildi va hibsga olinganidan keyin internetda maxfiy hukumat hujjatlarini nashr etishda davom etdi.
“Joshua Shulte Amerika tarixidagi eng shafqatsiz va jirkanch josuslik jinoyatlaridan birini amalga oshirib, o‘z vataniga xiyonat qildi. U Markaziy razvedka boshqarmasidan o‘ch olishga urinishi bilan milliy xavfsizligimizga behisob zarar yetkazdi”, — dedi federal prokuror Demen Uilyams.
2022 yilda sud Shulteni mamlakat mudofaasiga oid ma’lumotlarni noqonuniy yig‘ish va uzatishda, 2023 yilda esa bolalar pornografiyasini saqlash va tarqatishda aybdor deb topdi. Prokuror Uilyamsning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq xodimida bolalar pornosi tasvirlangan “minglab” video va fotosuratlar topilgan. U ayblovlarning kombinatsiyasi bo‘yicha hukm qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pokistonning Afgʻonistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
AQSh hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmaydi
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi
Ukrainaning 2025 yilga moʻljallangan harbiy maqsadlari ma'lum qilindi