date
views 268

Krishtianu Ronaldu Jorjinaga 100 ming dollarlik soat sovg‘a qildi

Krishtianu Ronaldu Jorjinaga 100 ming dollarlik soat sovg‘a qildi
27 yanvar kuni Krishtianu Ronalduning qiz o‘rtog‘i Jordjina Rodriges 30 yoshni qarshi oldi.

Taxmin qilinganidek, futbolchi ajoyib bayram tashkillashtirdi va qo‘shimchasiga Jorjinaga o‘zgacha sovg‘a qildi. Jorjina Rodriges o‘zining instagram sahifasida Krishtianu o‘ziga nima sovg‘a qilganini ko‘rsatdi.

"Puldan muammo yo‘q" qabilida ish ko‘radigan Ronaldu "Jacob" brendining brilliantlarga burkangan qo‘l soatini sovg‘a qildi. Aksessuarga elektron tizim (siferblat) o‘rnatilgan bo‘lib, yorqin rangdagi tasmasini qimmatbaho toshlari bor belbog‘ o‘rab turibdi.

Bu sovg‘a uchun Krishtianu yaxshigina summa sarflashiga to‘g‘ri kelganini ta’kidlash lozim. Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, bu kabi soatlarning narxi eng kamida 100 ming $ni tashkil qiladi (bugungi kurs bo‘yicha 1 244 000 000 so‘m).

Yaqinlari uchun Krishtianu hech qachon pul ayamaydi. Ronalduning oilasi faqatgina eng yaxshi xizmatlardan foydalanadi, eng yaxshi mexmonxonalarda istiqomat qiladi, sovg‘alar esa chinakamiga shohonasidan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Krishtianu Ronaldu Jorjinaga 100 ming dollarlik soat sovg‘a qildi