10:03 / 06.02.2024
418

Qozog‘istonda 36 yillik harorat rekordi yangilandi

Qozog‘istonda 36 yillik harorat rekordi yangilandi
Foto: Reuters
Qozog‘istonda 36 yillik harorat rekordi yangilandi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

“Qazgidromet”ning ta’kidlashicha, qishning ikkinchi oyi iliq va yog‘ingarchilik bilan kechdi. Iliq qorli kunlar o‘rnini sovuq kunlar egalladi. Yanvar oyining boshi ancha iliq bo‘ldi. O‘rtacha havo harorati anomaliyasi me’yordan 1-13 daraja yuqori bo‘lgan.

Yuqori anomaliyalar fonida harorat rekordlari qayd etildi: 1 yanvar kuni Mang‘istov viloyatidagi Oqquduq meteorologiya stansiyasida havo harorati kun davomida 11,1 daraja iliqqacha ko‘tarildi, bu o‘sha kun uchun rekord bo‘ldi. Avvalgi rekord 2003 yilda 8,9 daraja iliq edi.

8 yanvar kuni Aqtaudagi stansiyada havo harorati kunduzi 11,1 daraja iliqni tashkil etib, 1988 yildagi rekordni (4,7 daraja iliq), 10 yanvar kuni Semeydagi stansiyada 6,3 daraja iliq kuzatilib, 1988 yil rekordini yangiladi.

Pavlodar ob-havo stansiyasida maksimal havo harorati 3,1 darajaga ko‘tarilib, 2018 yil rekordi o‘rnini egalladi, Balxash stansiyasida esa kunduzi havo 7,1 daraja iliq bo‘lib, 1988 yildagi rekordni (1,2 daraja iliq) yangiladi
”, — deya xabar berdi sinoptiklar.

Qozog‘iston janubida deyarli bahorgi ob-havo kuzatildi. Masalan, Olmaota shahrida 11 yanvarda havoning maksimal harorati 11,3 iliqni tashkil etib, 2001 yil rekordini (10,9 daraja iliq) yangilagan.

Ma’lumot o‘rnida, dekabr oyida anomal iliq havo tufayli Ostona va Pavlodarda 62 yillik rekord yangilangan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo