Foto: Google Images
Sloveniya tashqi ishlar vaziri Tanya Fayon G‘arb tomonidan Rossiya Federatsiyasiga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar yetarli darajada samarali emasligini tan oldi. Bu haqda vazir RND nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Yevropa Ittifoqi sanksiyalari yetarlicha kuchga ega emas: biz sanksiyalarni yanada samaraliroq qilish uchun ko‘proq harakat qilishimiz kerak, deb o‘ylayman. Sanksiyalar Vladimir Putin jabr ko‘radigan tarzda ishlamayapti. YEI davlatlari sanksiyalarni kuchaytirishi kerak. Rossiya mahsulotlari o‘rniga boshqa muqobil mahsulotlarni topish bo‘yicha ko‘proq harakat qilishimiz zarur”, — dedi Fayon. Shu bilan birga, u “Rossiya harbiy mashinasini to‘xtatish uchun yangi choralar topish” kerakligini ham ta’kidladi.
Xuddi shunday fikrni avvalroq Ukrainaning Korrupsiyaga qarshi milliy agentligi sanksiyalar bo‘limi boshlig‘i Agiya Zagrebelskaya ham bildirgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalari hozircha samarasiz bo‘lib qolmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kanadaliklar AQSh tarkibida boʻlishni xohlaydimi? – “Tramp bezori, Mask esa tentak”
Pokistonning Afgʻonistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
AQSh hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmaydi
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi