Jo Bayden Donald Trampni AQSH uchun tahdid deb atadi

Jo Bayden Donald Trampni AQSH uchun tahdid deb atadi
Foto: Google Images
AQSH prezidenti Jo Bayden Oq uyga qaytish uchun kurashayotgan Donald Tramp ekzistensial xavf tug‘dirayotganini aytdi, deb yozadi “TASS”.

“Bir ekzistensial tahdid bor, u ham bo‘lsa — Donald Tramp. U biz amalga oshirgan hamma narsani bekor qilishga harakat qiladi. Biz bunga yo‘l qo‘ya olmaymiz”, — dedi Bayden Nyu-Yorkdagi saylovoldi kampaniyasida.

Avvalroq Tramp Oq uyning amaldagi rahbari bilan noyabrdagi prezidentlik saylovlari oldidan debat o‘tkazmoqchi ekanligini aytgandi.

Tramp 2022 yilning noyabrida navbatdagi prezidentlik saylovida ishtirok etishini ma’lum qilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar