Foto: “RIA Novosti”
Pashinyan hukumat yig‘ilishida so‘zlagan nutqida Yerevan Sovet davridagi chegaralarni “quruqlikda” va xaritada ko‘rsatishni hamda undan qo‘shinlarni olib chiqib ketishni taklif qilishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Boku Sovet Armanistoni hududida mavjud bo‘lgan to‘rtta anklav masalasini vaqti-vaqti bilan ko‘tarib, 30 dan ortiq arman qishloqlari hududlari hozirda Ozarbayjon istilosi ostida ekanini tan olishdan bosh tortmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Armaniston bosh vaziriga ko‘ra, Armaniston butun chegarani delimitatsiya qilishga yoki chegarani uchastkalarga bo‘lib, bu jarayonni mahalliy darajada amalga oshirishga rozi. Pashinyan chegaraning ma’lum uchastkalarida harbiy harakatlarni boshlash harbiy eskalatsiyani Armanistonga qarshi keng ko‘lamli urushga aylantirish istiqbollari bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan. Pashinyan faol muzokaralarda qatnashish va mamlakat manfaatlari, hududiy yaxlitligi va suverenitetini himoya qilish pozitsiyasida qat’iy turish fikrini ilgari surmoqda.
Shuningdek, u Ozarbayjon hukumatining Armaniston qonunchiligini tinchlik shartnomasini tuzish uchun o‘zgartirish zarurligi haqidagi bayonotlarini mamlakatning suverenitetini buzish va ichki ishlariga aralashish deb atagan. Pashinyan Armaniston qonunchiligi tinchlik jarayoniga to‘sqinlik qilmasligini ta’kidlagan.
Ammo 19 yanvar kuni Pashinyan mamlakatga “yangi geosiyosiy sharoitlarda mamlakat hayotiyligini ta’minlaydigan” yangi konstitutsiya zarurligini aytdi. Uning aniqlik kiritishicha, Armaniston konstitutsiyasi asosi bo‘lgan Mustaqillik deklaratsiyasining qoidalari mamlakatga urush bilan tahdid qilmoqda. Ozarbayjon ham Armaniston konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishini talab qilmoqda, chunki unda Qorabog‘ni Armaniston bilan birlashtirish haqida to‘g‘ridan to‘g‘ri chaqiriqlar mavjud.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevga ko‘ra, Armaniston konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritilsa, Boku va Yerevan o‘rtasida tinchlikka erishish mumkin. 2022 yilda Yerevan va Boku Rossiya, AQSH va Yevropa Ittifoqi vositachiligida kelajakdagi tinchlik shartnomasining muhokamasiga kirishdi. 2023 yil may oyi oxirida Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Yerevan Ozarbayjonning Sovet chegaralaridagi, ya’ni Qorabog‘ bilan birgalikda suverenitetini tan olishga tayyorligini ma’lum qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar: internetdagi botlar iqlim inqirozini kuchaytirmoqda
AQShning 2024 yilda yuz bergan tabiiy ofatlardan koʻrgan zarari qanchaga etdi?
Jurnalistlar halok boʻlgan 88 ming rossiyalik harbiylarning ismini aniqladi
Norvegiyada ommaviy ravishda bombadan himoya qiluvchi boshpanalar qurish boshlanadi
Xitoyda yangi trend: oʻquvchilarni maktabga kurer olib bormoqda
Daniya Grenlandiya mudofaasini qanday mustahkamlamoqchi?
Bayden 15 yanvarda millatga xayrlashuv nutqi bilan chiqish qiladi
Trampga Grenlandiya nima uchun kerak?