Foto: Google Images
Buyuk Britaniya Latviya bilan koalitsiya doirasida Ukrainaga minglab dronlarni yuboradi. Dronlar yanvar oyida e’lon qilingan Buyuk Britaniya harbiy yordam paketi hisobidan moliyalashtiriladi. Bu haqda Britaniya hukumati saytida xabar berildi.
“Buyuk Britaniya Ukrainaga kerak bo‘lgan qurollarni yetkazib berish uchun qo‘lidan kelganini qilishda davom etmoqda. Bu yilgi yordam 2,5 milliard funt sterlinggacha oshiriladi. Dron ishlab chiqarishga 200 million funt sterling ajratilmoqda”, — dedi Britaniya mudofaa vaziri Grant Shapps.
Yanvar oyida Buyuk Britaniya Ukrainaga 2024 yil uchun 2,5 milliard funt sterling miqdorida harbiy yordamning yangi paketini e’lon qildi. Ushbu mablag‘ning kamida 200 million funt sterlingi dronlar partiyasiga sarflanishi mo‘ljallangan.
Shuningdek, Buyuk Britaniya mudofaa vaziri bugun NATOdagi hamkasblari bilan uchrashib, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash, NATOning mudofaa salohiyatini oshirish va iyul oyida Vashingtonda alyansning 75 yilligiga bag‘ishlangan sammitga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar: internetdagi botlar iqlim inqirozini kuchaytirmoqda
AQShning 2024 yilda yuz bergan tabiiy ofatlardan koʻrgan zarari qanchaga etdi?
Jurnalistlar halok boʻlgan 88 ming rossiyalik harbiylarning ismini aniqladi
Norvegiyada ommaviy ravishda bombadan himoya qiluvchi boshpanalar qurish boshlanadi
Xitoyda yangi trend: oʻquvchilarni maktabga kurer olib bormoqda
Daniya Grenlandiya mudofaasini qanday mustahkamlamoqchi?
Bayden 15 yanvarda millatga xayrlashuv nutqi bilan chiqish qiladi
Trampga Grenlandiya nima uchun kerak?