Photo: Iran Press
16 fevral kuni Rossiya va Eron xavfsizlik kengashi rahbariyatlari Tehron va Moskva o‘rtasida xavfsizlik sohasida hamkorlikni rivojlantirish yo‘llarini muhokama qilish uchun yig‘ilish o‘tkazgan. Unda qator kelishuvlarga erishilgan. Bu haqda Iran Press nashri xabar berdi.
Rossiya Milliy xavfsizlik kengashi matbuot xizmati bayonotida aytilishicha, Eron Islom Respublikasi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Akbar Ahmadiyon va Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda uchrashgan. Uchrashuvning to‘liq mazmuni oshkor qilinmagan.
“Ushbu yig‘ilishda Rossiya va Eron o‘rtasida terrorizmga qarshi kurash, razvedka xavfsizligi masalalari, G‘arb davlatlarining sanksiyalari bosimi ostidagi Rossiya va Eronning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash muammolari kabi xavfsizlik sohasidagi hamkorlikka oid keng ko‘lamli mavzular muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlar mustaqil davlatlarning ichki ishlariga aralashishni cheklash bo‘yicha sa’y-harakatlarni muhokama qildilar”, — deyiladi Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi rasmiy bayonotida.
Xabarda aytilishicha, ushbu uchrashuv davomida yangi, uzoq muddatli, ikki tomonlama keng qamrovli bitimga erishish muhokama qilingan va mazkur fundamental hujjatning imzolanishi barcha sohalarda ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish uchun kuchli turtki berishi kutilmoqda. Uchrashuvda global va mintaqaviy tendensiyalar, shuningdek, Rossiya va Eron xavfsizlik kengashlarining 2024 yilda bo‘lajak ikki tomonlama va ko‘p tomonlama aloqalari muhokama qilinib, fikr almashilgan. Tomonlarni qiziqtirgan mavzular bo‘yicha ikki mamlakat milliy xavfsizlik kengashlari qo‘mitalari jadvali kelishib olingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!
«Eng kuchli» pasportlar reytingi e'lon qilindi. Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?
Olimlar: internetdagi botlar iqlim inqirozini kuchaytirmoqda
AQShning 2024 yilda yuz bergan tabiiy ofatlardan koʻrgan zarari qanchaga etdi?
Jurnalistlar halok boʻlgan 88 ming rossiyalik harbiylarning ismini aniqladi
Norvegiyada ommaviy ravishda bombadan himoya qiluvchi boshpanalar qurish boshlanadi
Xitoyda yangi trend: oʻquvchilarni maktabga kurer olib bormoqda