Foto: Google Images
Rossiya Milliy Xavfsizlik Kengashi kotibi Nikolay Patrushev hozir Afg‘onistonda 20 ga yaqin terrorchi tashkilot, ularda 23 mingdan ortiq jangari borligini aytdi.
Patrushev Bishkekda Xavfsizlik Kengashi kotiblarining Afg‘oniston masalalari bo‘yicha yig‘ilishida Afg‘oniston G‘arbning cheksiz geosiyosiy sarguzashtlari zanjirining halqalaridan biri ekanligini va Afg‘onistondagi hozirgi murakkab vaziyat uchun asosiy mas’uliyat AQSH va uning ittifoqchilari zimmasiga tushishi kerakligini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Afg‘onistondagi 20 yillik faoliyati davomida vaziyatni yaxshilash uchun hech narsa qilmagan.
Patrushevning qo‘shimcha qilishicha, “G‘arb chekinar ekan, katta miqdordagi qurollarni tashlab, soatli bombani ishga tushirdi. Bugungi kunda bu qurollar afg‘on ichidagi guruhlar o‘rtasidagi urushni kuchaytirish uchun qo‘llanilmoqda, ular qora bozorda sotilmoqda va uchinchi mamlakatlarda terrorchilar qo‘liga o‘tib ketmoqda”, — dedi Patrushev.
Uning qo‘shimcha qilishicha, G‘arb Afg‘onistondagi ishtirokini oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlari bilan bir qatorda, ushbu davlatdagi terrorchi guruhlardan turli maqsadlarda foydalanishga ham urinmoqda.
Xavfsizlik kengashi kotiblari yig‘ilishida Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Tojikiston va O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!
«Eng kuchli» pasportlar reytingi e'lon qilindi. Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?
Olimlar: internetdagi botlar iqlim inqirozini kuchaytirmoqda
AQShning 2024 yilda yuz bergan tabiiy ofatlardan koʻrgan zarari qanchaga etdi?
Jurnalistlar halok boʻlgan 88 ming rossiyalik harbiylarning ismini aniqladi
Norvegiyada ommaviy ravishda bombadan himoya qiluvchi boshpanalar qurish boshlanadi
Xitoyda yangi trend: oʻquvchilarni maktabga kurer olib bormoqda