533
Germaniyalik qariya chiqindi qutilaridan ovqatlanib, katta boylik to‘pladi va 10 ta uy sotib oldi
Foto: Objectiv.tv
Germaniyaning Darmshtadt shahrida yashovchi Xayns B. yegulik sotib olish o‘rniga axlat qutilari ichidan ovqatlanib, katta boylik to‘pladi. Bu haqda “Pravila jizni” xabar bermoqda.
80 yoshli sobiq elektromuhandis o‘z uyida yolg‘iz yashaydi va har bir narsani tejaydi. U oyiga 3600 yevro nafaqa oladi, biroq oziq-ovqat uchun 5 yevrodan ko‘p bo‘lmagan mablag‘ sarflaydi.
“Odamlar har kuni ko‘plab narsani isrof qilishadi. Butun boshli oilani boqish uchun yetadigan ovqatni chiqindiga tashlab ketishadi! Masalan, bir xalta kolbasa sotib olib, bitta donasini iste’mol qilishadi va qolganini shunchaki tashlab yuborishadi”, — dedi u jurnalistlarga.
Foto: Objectiv.tv
Xayns kiyim-kechak va boshqa kundalik ashyolarni ham chiqindilardan topadi. Uning yagona xarajati — YouTube'da biznesga oid ma’ruzalarni tomosha qilish uchun sotib olgan noutbuk va oylik internet to‘lovidir. U mobil telefon ham ishlatmaydi. Bunday o‘ta tejamkorlik tufayli nafaqaxo‘r 10 ta uy sotib oldi va ularni hozirda ijaraga bergan.
Xayns o‘limidan keyin mol-mulklari kimga qolishini bilmaydi. Uning oilasi yo‘q, bir nechta uzoq qarindoshlari bor, xolos. “Ular meros solig‘ini to‘lay olmaydi, uylarimni shunchaki ijarachilarga hadya qilib yuborsam kerak”, — deb tan oldi Xayns.
Foto: Objectiv.tv “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!
«Eng kuchli» pasportlar reytingi e'lon qilindi. Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?
Olimlar: internetdagi botlar iqlim inqirozini kuchaytirmoqda
AQShning 2024 yilda yuz bergan tabiiy ofatlardan koʻrgan zarari qanchaga etdi?
Jurnalistlar halok boʻlgan 88 ming rossiyalik harbiylarning ismini aniqladi
Norvegiyada ommaviy ravishda bombadan himoya qiluvchi boshpanalar qurish boshlanadi
Xitoyda yangi trend: oʻquvchilarni maktabga kurer olib bormoqda
Daniya Grenlandiya mudofaasini qanday mustahkamlamoqchi?