Foto: Reuters
AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Myunxen xavfsizlik konferensiyasida Xitoy va Hindiston tashqi ishlar vazirlari bilan Rossiyaning koinotda yadro qurolini joylashtirish ehtimolini muhokama qildi, shuningdek, ularni Moskvaga ta’sir o‘tkazishga chaqirgan. Bu haqda The New York Times xabar berdi.
Unga ko‘ra, AQSH davlat kotibi aynan Xitoy va Hindiston yetakchilari Si Szinpin va Narendra Modi Vladimir Putinni “falokatga aylanishi mumkin bo‘lgan qadamdan qaytarishi kerak”, deb ta’kidlagan. Xususan, Blinken koinotdagi har qanday yadroviy portlash nafaqat Amerika sun’iy yo‘ldoshlarini, balki Xitoy va Hindiston sun’iy yo‘ldoshlarini ham yo‘q qilishini eslatib o‘tgan. “Qolaversa, bunday qurollardan foydalanish global aloqa tizimlarini ishdan chiqarishi, bu esa favqulodda xizmatlardan tortib mobil aloqaning uzilishigacha olib kelishi mumkin”, deydi AQSH rasmiylari va tahlilchilar.
NYT'ning ma’lumot berishicha, Amerika razvedkasi yangi qurollar ishlab chiqilishi haqida Rossiya Federatsiyasi tomonidan 2022 yil boshida amalga oshirilgan bir nechta maxfiy sun’iy yo‘ldosh uchirilishidan keyin xabar topgan. Yuqori martabali razvedka xodimlaridan birining aytishicha, global kommunikatsiyalarga tahdid tug‘ilgan taqdirda, Putin uning raqiblaridan hech biri, shu jumladan Qo‘shma Shtatlar Rossiya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri qarshilikka kirishmasligiga ishonchi komil. Shu sababli Rossiya o‘z kosmik yadroviy qurollarni ishlab chiqmoqda.
Shu bilan birga, Amerika rasmiylari Rossiya, kosmosga hattoki bunday qurollar joylashtirilgan taqdirda ham, ulardan foydalanishi dargumon, deya fikr bildirgan. Biroq ular boshqa davlatlar, masalan, KXDR Rossiyadan o‘rnak olishi mumkinligidan xavotirda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!
«Eng kuchli» pasportlar reytingi e'lon qilindi. Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?
Olimlar: internetdagi botlar iqlim inqirozini kuchaytirmoqda
AQShning 2024 yilda yuz bergan tabiiy ofatlardan koʻrgan zarari qanchaga etdi?
Jurnalistlar halok boʻlgan 88 ming rossiyalik harbiylarning ismini aniqladi
Norvegiyada ommaviy ravishda bombadan himoya qiluvchi boshpanalar qurish boshlanadi