19:30 / 18.02.2024
641

Rossiya Avdeyevkani olishda qancha askar yo‘qotgani aytildi

Rossiya Avdeyevkani olishda qancha askar yo‘qotgani aytildi
Avdeyevkani himoya qilgan «Tavriya» operativ-strategik qo‘shinlari guruhi vakili Dmitriy Lixovoy bugun kechqurun BBC nashriga intervyu berdi.

U birinchi marta Avdeyevkani qo‘lga olish paytida Rossiyaning yo‘qotishlari haqidagi Ukraina taxminlarini aytdi: jami yo‘qotishlar 47 ming, shu jumladan 17 ming kishi o‘lgan.

Bu raqamlarni mustaqil ravishda tekshirish mumkin emas; Rossiya 2022 yil sentyabr oyidan beri yo‘qotishlari haqida rasmiy ma’lumotlarni e’lon qilmadi. Putinning tabrik telegrammasida «qurbonlar» haqida so‘z yuritilgan.

Ukraina, o‘z navbatida, urush boshlanganidan beri hech qachon qurbonlar sonini e’lon qilmagan va Lixovoy ham bu haqda hech narsa demagan.

Shanbaga o‘tar kechasi Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy Donetsk viloyatidagi Avdeyevkadan Ukraina qo‘shinlari olib chiqib ketilganini ma’lum qildi. Ruslar Ukraina qo‘shinlarining bir qismini o‘rab olishga muvaffaq bo‘lishdi va himoyalanuvchilarni zarur vositalar bioan ta’minlagan oxirgi asosiy yo‘lni kesib qo‘yishdi.

«Avdeyevka atrofida yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqib, qurshovga tushmaslik, harbiy xizmatchilarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlab qolish uchun men bo‘linmalarimizni shahardan olib chiqib, mudofaaga qulayroq yo‘nalishlarni egallashlariga buyruq berdim», dedi Sirskiy o‘z bayonotida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo