Foto: Kursiv.kz
Qozog‘istonda turmush qurmoqchi bo‘lgan juftliklar oilaviy hayot kurslarida o‘qitilishi mumkin. Bu haqda Madaniyat vazirligining Yoshlar va oila masalalari qo‘mitasi boshlig‘i Qayrat Qambarov xabar berdi.
Tegishli yangilik hali muhokamada. Qambarov yangi turmush qurganlar uchun ustoz va psixologlar ishtirokida treninglar tashkil etilishi mumkinligini aytdi.
"Majilisda “Oilaviy zo‘ravonlik to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqilayotganidan xabaringiz bor. Unda kichik band bor: turmush qurishdan oldin kamida bir oy yoshlarni o‘qitish. Hali hujjat ko‘rib chiqilmoqda", — dedi u.
Hozirda Ostona va Shimkentda oiladagi zo‘ravonlikning oldini olish uchun “Nikohdan oldingi maslahat” deb nomlangan tajriba loyihasi ishga tushirilgan. Loyiha doirasida nikohdan o‘tish uchun ariza bergan fuqarolarga oilani rejalashtirish va oila psixologiyasi, reproduktiv salomatlik haqida ma’lumot beriladi, ular oila budjetini rejalashtirish va boshqa muhim masalalar bo‘yicha ham o‘qitiladi. Madaniyat vazirligi rahbari Aida Balayevaning ta’kidlashicha, agar natija ijobiy bo‘lsa, vazirlik barcha hududlarda bunday loyihani ishga tushiradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!
«Eng kuchli» pasportlar reytingi e'lon qilindi. Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?
Olimlar: internetdagi botlar iqlim inqirozini kuchaytirmoqda