Yaponiyada sun’iy intellekt yordamida “rashk” ta’miga ega non tayyorlandi

Yaponiyada sun’iy intellekt yordamida “rashk” ta’miga ega non tayyorlandi
Yaponiyadagi “Kimuraya” nomli novvoyxona egasi yosh xaridorlarni jalb etish maqsadida sun’iy intellektdan foydalandi. Kompaniya ta’kidlashicha, Ren AI Pan (Romantik non) nomli yangi mahsulot turli hissiyotlarni tatib ko‘rish imkonini beradi.
Yaponiyada sun’iy intellekt yordamida “rashk” ta’miga ega non tayyorlandi
Ginza Kimuraya do‘koni
Loyihadan ikki turdagi texnologiya: NEC Enhanced Speech — yozma matnni nutqqa aylantirish va NEC Data Enrichment — matndagi hissiyotlarni hosil qilishdan foydalangan.

Neyrotarmoqdan realiti shoudagi ishtirokchilar suhbatini analiz qilish so‘raldi. Sun’iy intellekt 15 soatlik tanishuv ko‘rsatuvlari videosi va 35000 ta sevgi haqidagi qo‘shiqlarni eshitib ko‘rdi.
Yaponiyada sun’iy intellekt yordamida “rashk” ta’miga ega non tayyorlandi
Foto: NEC
Natijada sun’iy intellekt aksariyat insonlarni sevgi bilan bog‘laydigan beshta aspektni aniqladi: ilk uchrashuv, tanishuv, o‘zaro sevgi, rashk va qalb ko‘z yoshlari. So‘ng neyrotarmoq ushbu hislar ta’mini yetkazib beruvchi masalliqlar ro‘yxatini aniqlab berdi.
Yaponiyada sun’iy intellekt yordamida “rashk” ta’miga ega non tayyorlandi
Foto: NEC
“Ilk uchrashuv” nonining isi shirin paxtadek, “rashk” noni qizil kartoshka, tryufel yog‘i va mayiz ta’miga, “singan qalb ko‘z yoshlari” esa olmali sidr va uzum suvi ta’miga ega bo‘ldi.

Bunday nonni tatib ko‘rgan bo‘larmidingiz?
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar