23:23 / 23.02.2024
677

AQSH urushning ikki yilligi sabab Rossiyaga «sovg‘a» tayyorladi

AQSH urushning ikki yilligi sabab Rossiyaga «sovg‘a» tayyorladi
AQSH Rossiyaga qarshi 500 dan ortiq yangi sanksiyalar joriy qilmoqda, deyiladi Jo Baydenning Oq uy tomonidan e’lon qilingan bayonotida.

Sanksiyalar Ukrainadagi harbiy operatsiya munosabati bilan ham, Aleksey Navalniyning o‘limi munosabati bilan ham kiritilmoqda.

«Sanksiyalar Navalniyning qamoqqa olinishi bilan bog‘liq shaxslarga, shuningdek, Rossiyaning moliya va mudofaa sanoati tarmoqlari, xarid tarmoqlari hamda sanksiyalardan bo‘yin tovlagan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi», — dedi Oq uy.

Qo‘shma Shtatlar Rossiyani qo‘llab-quvvatlaganlikda ayblangan 100 ga yaqin kompaniyaga ham eksport cheklovlarini kiritmoqda.

Shuningdek, Yevropa Ittifoqi ham Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 13-paketini hozirladi. Unda qator davlatlar, jumladan Qozog‘iston va Xitoy korxonalari ham bor.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo