Foto: dpa
Germaniyaning Bilefeld universiteti 26 fevral kuni o‘z veb-saytida universitet kutubxonasidagi antikvar nashrlarda yuqori konsentratsiyali mishyak (margimush) bo‘lishi mumkinligi haqida xabar chop etdi.
Universitet rahbariyati 60 ming kitob va jurnalning chiqarilishini vaqtincha cheklashga qaror qilgan.
“Kutubxonalar jiddiy muammoga duch kelmoqda: XIX asrda kitob va jurnallar ishlab chiqarishda ba’zan mishyak birikmalari qo‘llanilgan. Bu Bilefeld universiteti kutubxonasi kolleksiyalaridagi nashrlarga ham taalluqli deb o‘ylaymiz” — deyiladi rektorat xabarida.
Shuningdek, mishyak yoki arsen zaharli modda ekanligi, uning inson organizmida xatarli o‘smalar xavfini oshirishi aniqlangan. U chop etishda ishlatiladigan yashil bo‘yoqlarda bo‘lishi mumkin. Tadqiqotlarga ko‘ra, javonlarda turgan kitoblar zararsiz hisoblanadi.
“Yashil bo‘yoq bilan bo‘yalgan elementlarga tegish va ho‘llangan barmoqlar bilan sahifalarni varaqlashda potensial xavf tug‘ilishi mumkin”, — deyiladi bayonotda.
Universitet rahbariyati kutubxona fondidagi XIX asr nashrlarining 10 foizdan kamrog‘i haqiqatda sog‘liq uchun xavfli bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Shunga qaramay, tegishli davrdagi barcha 60 ming kitob va jurnallarning chiqarilishini vaqtincha cheklashga qaror qildi. Xavfsiz nashrlar yana o‘quvchilarga taqdim etiladi.
Hozirda Germaniyada kitoblar orqali mishyak bilan zaharlanish xavfi bo‘yicha hech qanday qonuniy qoidalar yoki tavsiyalar mavjud emas. OAV xabarlariga ko‘ra, ko‘plab nemis kutubxonalari, shuningdek, Daniya va boshqa Yevropa mamlakatlaridagi kutubxonalar ham mazkur muammoga duch kelmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!