Foto: veridica.com
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga qo‘shin yuboradigan davlatlar nishonga olinishidan ogohlantirdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Rossiya prezidenti shu tariqa Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning bayonotiga izoh berdi. Makron Yevropa va NATOning ayrim davlatlari Ukrainaga qo‘shin yuborishini istisno etmagandi. Putin bunga munosabatida G‘arb davlatlarining Rossiyaga qarshi oldingi urushlarini esladi.
“Ular hududimizga zarba berish uchun nishonlarni o‘zi tanlaydi va NATO kontingentini Ukrainaga yuborish imkoniyati haqida gapira boshladi. Bir paytlar o‘z kontingentini mamlakatimiz hududiga jo‘natganlar taqdirini eslaymiz. Ammo endi bunday aralashuvchilar uchun oqibatlar yanada fojiali bo‘ladi. Ular tushunishlari kerakki, bizda ham ularning hududlaridagi nishonlarga zarba bera oladigan qurollarimiz bor”, — dedi u.
Putinning qo‘shimcha qilishicha, bu haqiqatan ham yadro qurolidan foydalanish bilan bog‘liq konfliktga, jumladan, sivilizatsiyani yo‘q qilishga tahdid soladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi