Foto: Getty Images
AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp aqliy qobiliyat darajasini aniqlovchi ikkita testdan o‘tdi. Shundan so‘ng, amaldagi prezident Jo Baydenni ham shunday test topshirishga chaqirdi.
«Firibgar Jo Bayden aqliy qobiliyat testini topshirishi kerak. Balki shu yo‘l bilan uning nima uchun bunday noto‘g‘ri qarorlar qabul qilganini bilib olarmiz. Men ikkita testdan o‘tdim va ikkalasi ham xatolarsiz! Barcha prezidentlar va o‘zini prezidentlik lavozimiga da’vo qilayotganlarning barchasi bunday testdan bemalol o‘tishi kerak!», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.
81 yoshli Bayden har yili Uolter Rid tibbiyot markazida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Uning shifokori tekshiruvlardan so‘ng Baydenning «vazifasiga yaroqli» ekani va o‘tgan yil davomida uning sog‘lig‘ida sezilarli o‘zgarishlar bo‘lmagani haqida yozgan.
Shifokorlar Baydenni insult, skleroz yoki Parkinson kasalligi belgilarini ko‘rsatmagan nevrologik tekshiruv o‘tkazgan bo‘lsalar-da, Oq uy uning aqliy qobiliyatini aniqlovchi test topshirmaganini, chunki shifokorlar buni zarur deb hisoblamaganini aytadi.
«U har kuni aqliy qobiliyat testidan o‘tadi, bir mavzudan ikkinchisiga o‘tishda ularning tafsilotlari darajasini tushunadi», dedi Oy uy matbuot kotibi Karin Jan-Piyer. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesda kvartallar, mashhurlar va millionerlarning uylari yonib ketdi (foto)
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi