Foto: pxhere.com
Amerikalik astronomlar Quyosh tizimidagi «X sayyora» nomi bilan atalgan to‘qqizinchi sayyorani kashf etishga yaqin turibdi. Bu haqda LiveScience ma’lumotlariga tayanib, AiF xabar berdi.
Olimlar sayyora mavjudligi haqidagi taxminlarini Koyper kamaridagi jismlarning g‘alati qiyshiq orbitalari bilan bog‘lashmoqda, buni Yerdan yetti barobar katta bo‘lgan sayyoraning tortishish kuchi bilan izohlash mumkin.
Shu munosabat bilan, Quyoshdan taxminan 500-600 astronomik birlik uzoqlikda joylashgan X sayyorasi Quyosh tizimida beshinchi yirik sayyora bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Astronomlar Havayidagi Pan-STARRS observatoriyasida sayyora joylashgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan hududning 78 foizini o‘rganib chiqqan. Qolgan qismini ushbu observatoriyada o‘rganishning texnik imkoniyati yo‘q. Qayd etilishicha, sirli sayyora bir necha yil ichida kashf etilishi mumkin.
Bugungi kunda Quyosh tizimi sakkizta sayyorani o‘z ichiga oladi - Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran va Neptun. 1930 yilda kashf etilgan to‘qqizinchi sayyora hisoblangan Pluton 2006 yilda bu maqomini yo‘qotdi. Bu kosmik jism mitti sayyora sifatida tan olindi va Koyper kamarining eng katta obyekti hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesda kvartallar, mashhurlar va millionerlarning uylari yonib ketdi (foto)
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi