Foto: dpa
Avstriyada 1 martdan boshlab yangi qoidalar ishga tushdi. Endi aholi punktlari bo‘ylab ruxsat berilgan 80 km/soat tezlikdan, shahar tashqarisida esa 90 km/soatdan tezroq harakatlanayotgan haydovchilarning avtomobillari musodara qilinadi. Mazkur mashinalar keyinchalik auksionda sotiladi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.
Germaniya avtomobil klubi (ADAC) ogohlantirishiga ko‘ra, muqaddam yuqori tezlik sodir qilganlik uchun sudlangan shaxslar aholi punktlarida 60 km/soatdan yuqori, shahardan tashqarida esa 70 km/soatdan tez harakatlansa ham jazolanadi. Agar avtomobil ijaraga olingan bo‘lsa, u 14 kun muddatga olib qo‘yilishi mumkin.
Avstriyada ruxsat berilgan tezlik chegarasidan 30 km/soat oshirgan haydovchilar kamida 150 yevro jarima to‘laydi. Qoidalarni takroran buzganlar uchun jarima 5000 yevrogacha bo‘lishi mumkin.
Avstriyada 3,5 tonnagacha bo‘lgan tirkamasiz yengil avtomobillar uchun aholi punktlarida maksimal tezlik 50 km/soat, shahardan tashqarida esa 100 km/soat etib belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesda kvartallar, mashhurlar va millionerlarning uylari yonib ketdi (foto)
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi